Bo‘ka tumanida Beshta tashabbusni joriy qilish bo‘yicha platforma yaratildi

Jamiyat

image

Davlat rahbari ilgari surgan Beshta tashabbus doirasida Bo‘ka tumani markazida Маданият va ma’rifat ekoparki барпо etildi. Prezident ushbu istirohat bog‘iga tashrif буюриб, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Bu yerda Beshta tashabbusning barchasi mujassamlashgan. Zamonaviy kutubxona hamda kitob o‘qish uchun sokin joylar, kompyuter o‘yinlari uchun maydonlar, Wi-Fi hududlari tashkil etilgan. Yopiq amfiteatr, кафелар qurilgan. Universal sport maydonida vorkaut va badantarbiya, mini futbol, badminton, stol tennisi va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanish uchun keng sharoit yaratilgan. Velosiped, samokat, skeytbord va roliklar ijarasi ham yo‘lga qo‘yilgan. Majmua ҳар oyda o‘rtacha 6 ming nafar yigit-qizni jalb qilishi mumkin.

Mirziyoyev bog‘dagi kutubxonani kirib ko‘rdi.

- Hududlarga kitob yetkazib berish yaxshi. Lekin ularni o‘qish, o‘qitish yetarli darajada emas. Bolalarni bog‘cha yoshidan, boshlang‘ich sinflardan kichik-kichik kitoblarga o‘rgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulg‘aytirish zarur. Shundagina jamiyatda kitobxonlik muhiti shakllanadi, boshqalar ham kitob o‘qishga qaytadi, - dedi davlat rahbari.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda ilmiy yondashuvlar asosida kitob o‘qitish metodikasi hamda qaysi yoshda қандай asarlarni o‘qish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Bog‘da butun yil davomida rang-barang madaniy tadbirlar va mahallalararo musobaqalar o‘tkazish, o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing