Bugungi kunda qancha ona aliment to‘laydi?

Jamiyat

image

Bugungi kunda oilaga yengil-yelpi qarash, uni muqaddas deb sanamaslik, arzimagan sabablarga ko‘ra farzandlarini tirik yetim qilayotganlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Shu o‘rinda alment to‘lovchilar ham. Aholi orasida “aliment” deganda faqat ota o‘z farzandiga davlat tomonidan belgilangan ma’lum bir moddiy mablag‘ berishi tushuniladi. Achinarlisi, bugungi kunda jamiyatda nafaqat aliment to‘lovchi otalar, balki farzandi tarbiyasidan voz kechgan aliment to‘lovchi onalar ham ko‘paymoqda. Oiladagi mas’ulyatli va sharafli vazifani chin dildan, hech nolimay boshini mag‘rur ko‘tarib, hayot qiyinchiliklariga o‘zida kuch topib, atrofdagilariga madadkor inson bu – ayol, ya’ni mo‘’tabar ona. Afsuski ayollar orasida shunday sharafli nomga dog‘ tushirayotganlar ham bor.

QALAMPIR.UZ tahririyati O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga hozirda qancha aliment to‘lovchi ota-ona mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilish yuzasidan so‘rov xati yuborgan edi.

Joriy yilning 26 iyun holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha 280 068 nafar aliment to‘lovchi mavjud bo‘lib, shundan 2364 nafari ayollarni tashkil qilmoqda. Aliment to‘lovchilar umumiy soniga ko‘ra viloyat kesimida quyidagi ko‘rinishda:

1.    Farg‘ona viloyati – 33 346 nafar;
2.    Andijon viloyati – 31 266 nafar;
3.    Samarqand viloyati – 31 029 nafar;
4.    Toshkent viloyati – 28 041 nafar;
5.    Namangan viloyati – 25 708 nafar;
6.    Toshkent shahar – 24 336 nafar;
7.    Surxondaryo viloyati – 21 680 nafar;
8.    Qashqadaryo viloyati – 17 492 nafar;
9.    Buxoro viloyati – 15 837 nafar;
10.    Qoraqolpog‘iston Respublikasi – 12 295 nafar;
11.    Navoiy viloyati – 11 137 nafar;
12.    Xorazm viloyati – 9 814 nafar;
13.    Jizzax vailoyati – 9 560 nafar;
14.    Sirdaryo viloyati – 8 520 nafar;

Bunda aliment to‘lovchi ayollar viloyat kesimida quyidagilar:

1.     Farg‘ona viloyati – 204 nafar;
2.    Andijon viloyati – 162 nafar;
3.    Samarqand viloyati – 355 nafar;
4.    Toshkent viloyati – 405 nafar;
5.    Namangan viloyati – 157 nafar;
6.    Toshkent shahar – 190 nafar;
7.    Surxandaryo viloyati – 154 nafar;
8.    Qashqadaryo viloyati – 95 nafar;
9.    Buxoro viloyati – 182 nafar;
10.    Qoraqolpog‘iston Respublikasi – 125 nafar;
11.    Navoiy viloyati – 139 nafar;
12.    Xorazm viloyati – 99 nafar;
13.    Jizzax vailoyati – 49 nafar;
14.    Sirdaryo viloyati – 48 nafar;

Bola tarbiyasining ma’naviy yuksalishida ota-ona baravariga harakat qilmog‘i lozim. Bola kamolotiga aliment to‘lash bilan erishilmaydi. Chunki bolaning to‘g‘ri tarbiyalanishi va ma’naviy yuksalishi jamiyatning kelajagini belgilaydi. Darhaqiqat, mashhur o‘zbek ma’rifatparvari, shoiri va jamoat arbobi Abdulla Avloniy tarbiya haqida shunday degan edi: 

“Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”.

XX asr o‘zbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili Abdurauf Fitrat esa  shunday degan: 

“Har bir oilaning saodati va izzati shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘lik. Tinchlik va totuvlik esa millat oilalarining intizomiga tayanadi, mamlakat va millatlar ham shuncha kuchli bo‘ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yul quysa shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi”.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing