Bugundan rossiyaliklarning Ukrainaga kirishi yanada qiyinlashdi

Olam

image

Ukraina bugun, 1 iyuldan boshlab rossiyaliklar uchun viza rejimini joriy qiladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kiyev Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzishi va mamlakat hududidagi Ukraina elchixonasi hamda konsulliklarning faoliyatini to‘xtatishi munosabati bilan rossiyaliklar endi qo‘shni davlatga borish uchun viza olishlari kerak bo‘ladi. 

Buning uchun esa Rossiya fuqarolari Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Kaliningrad, Qozon, Novosibirsk, Rostov-na-Donu va Samara shaharlardagi markazlarga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, shundan so‘ng, viza so‘rovlari mamlakatning boshqa davlatlardagi diplomatik muassasalari tomonidan vakolatli organlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi.

Shu bilan birga, rossiyaliklarda viza bo‘lgan taqdirda ham, Ukraina hududiga kirish rad etilishi mumkin. Chegarani kesib o‘tishga ruxsat berish bo‘yicha yakuniy qaror Ukraina chegarachilari tomonidan qabul qilinadi.

Davlat chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, pasport hujjatlarining to‘g‘ri bo‘lishi, mamlakatga kirishda cheklovlar haqida ma’lumotlarning yo‘qligi, safar maqsadini tasdiqlash va yetarli mablag‘ bo‘lishi chegarani kesib o‘tishga imkon beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

249

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing