Bugundan “gaz zapravka”lar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi
Jamiyat
−
26 yanvar 2022
21746Bugun, 26 yanvardan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi. Bu haqda Energetika vaziri Matbuot kotibi Elmira Bekmurodova ma’lum qildi.
Elmira Bekmurodovaga ko‘ra, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida, ishlab chiqarilayotgan tabiiy gaz to‘liq hajmda issiqlik elektr stansiyalari, ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi iste’molchilariga yo‘naltiriladi.
Shu munosabat bilan, bugundan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi.
Shu bilan birga, boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan yuridik iste’molchilarga ham tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Vazirlik mas’ulining ta’kidlashicha, bugun, 26 yanvar soat 09:30 holatiga ko‘ra, respublikada elektr energiyasi ta’minoti 70 foizga tiklangan.
LiveBarchasi