Bugun Yerning eng keksa odami 118 yoshni qarshi oldi
Bu qiziq
−
02 yanvar 2021
7917Yerning eng keksa ayoli - yaponiyalik Kane Tanaka bugun, 2 yanvar kuni 118 yoshga to‘ldi. Bu haqda NHK'ga asoslanib xabar berilgan.
Ayol 1903 yil 2 yanvarda tug‘ilgan. 2018 yilning 22 iyulidan beri Yerning eng keksa odami unvoni Tanakaga tegishli bo‘lib kelmoqda.
2020 yil noyabr oyida Tanakaning Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiya mash’alasi estafetasida ishtirok etishi ma’lum bo‘lgan. Unga ko‘ra, Tanaka joriy yil 11 may kuni nogironlar aravachasida 200 metr masofa bosib o‘tishi kerak bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgan Olimpiya o‘yinlarini 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkazish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi