Bugun Yerga potensial xavfli bo‘lgan asteroid yaqinlashadi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Milliy Aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) bugun, 12 avgust kuni Yerga potensial xavfli bo‘lgan 2015 FF asteroidi yaqinlashishini ma’lum qildi. 

Asteroid 2015 FF soatiga 33 ming kilometrdan ortiq tezlikda uchadi, bu tovush tezligidan qariyb 27 marta tezdir. 

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 12 avgust kuni asteroid Yerdan 4,3 million kilometr uzoqlikda bo‘ladi, bu Yer va Oy o‘rtasidagi o‘rtacha masofadan sakkiz baravar ko‘p.

Qayd etilishicha, fazo me’yorlariga ko‘ra, bunday masofa “mayda chegara” hisoblanadi.

NASA mutaxassislari, shuningdek Yerdan 7,5 million kilometr masofada tez harakatlanadigan har qanday ob’ekt “potensial xavfli” maqomini olishini aytgan.

Astronomlar 2015 FF'ni kuzatishda davom etmoqdalar, chunki uning trayektoriyasidagi har qanday o‘zgarish uning Yer bilan to‘qnashishiga olib kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1318

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing