Bugun va ertaga Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha gazsiz qoladi

Jamiyat

image

Ertaga, 3 avgust kuni Toshkentning Sergeli va Chilonzor tumanida ayrim hududlar gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ma’lum qildi.

2021-2022 yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, “Sergelitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tumanning “Oltin vodiy” hamda “Qum ariq” mahallalari iste’molchilari uchun o‘rnatilgan GTPni o‘rnatish va ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 3 avgust kuni soat 11:00 dan 18:00ga qadar “Oltin vodiy”, “Aeroport hududi”, “Obi Rahmat” mahallalaridagi aholi va ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, Filialning “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan Chilonzor tumani yer osti gaz qudug‘idagi o‘rta bosimli zulfinni ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 yilning 2 avgust kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar “Tirsakobod”, “Do‘mbirabod”, ”Katta Do‘mbirabod” hamda “Gavhar” ko‘chasidagi aholi va ulgurji iste’mochilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

190

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing