Bugun o‘zbekistonlik uch nafar MMA ustasi Abu-Dabidagi promoushenda oktagonga chiqadi

Sport

image

Bugun, 20 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida UAE Warriors promoushenining janglari o‘tkaziladi. Turnirda uch nafar o‘zbekistonlik MMA ustalari o‘z janglarini o‘tkazishadi. 

Ilhom Nazimov – Xazar Rustamov (Ozarbayjon)
Jahongir Jumayev – Dilan Salvador (Fransiya)
Javohir Imamov – Ulan Tamgabayev (Qozog‘iston).

Ma’lumot uchun, kecha, 19 oktyabr sportchilar musobaqa oldi vazn o‘lchash marosimida ishtirok etishgandi. Natijalarga ko‘ra, Jahongir Jumayev 70,80 kg vazn ko‘rsatdi. Ilhom Nazimov esa 65,65 kg tosh bosgan bo‘lsa, Javohir Imamovning vazni 66,10 kg chiqdi. 

Eslatib o‘tamiz, Warriors promoushenining janglari bugun, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made