Bugun O‘zbekiston Urugvayga qarshi o‘ynaydi
Sport
−
13 Oktabr 2025 9235 1 daqiqa
Bugun, 13 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur oydagi xalqaro tanaffus doirasida navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Soat 17:45 da Malayziyadagi “Hang Jebat” stadionida start oladigan bellashuvda terma jamoa Urugvayga qarshi bahs olib boradi.
Qayd etish joiz, ushbu bellashuvni ikki jamoaning muhim futbolchilari o‘tkazib yuboradi. Urugvay safida Valverde va Arauxo, O‘zbekiston MTJda esa Fayzullayev, Yusupov, Hamrobekov va Masharipov kabi asosiy tarkib futbolchilari bugungi o‘yinda jamoalariga yordam bera olmaydi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 9 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tgan Quvaytga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur bahs uchun O‘zbekiston MTJning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilingan edi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi