Bugun O‘zbekiston Portugaliyaga qarshi to‘p suradi

Sport

image
0:00
0:00
download

Bugun, 23 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida Portugaliya va O‘zbekiston ishtirokidagi "K" guruhi saralash bosqich bellashuvlarining 2-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Bu o‘yin ikki guruh vakili uchun ham juda muhim o‘yin. Guruh favoriti sifatida ko‘rilgan Portugaliya birinchi tur uchrashuvida Kongo bilan durang o‘ynagan. Bu yilgi jahon chempionatining debyutanti bo‘lgan O‘zbekiston esa ilk o‘yinda Kolumbiyaga yutqazgan.

2-tur uchrashuvlari arafasida guruhdagi har to‘rt jamoa ham keyingi bosqichga chiqish imkonini saqlab turibdi.

Yangi tartib-qoidalarga muvofiq, bundan tashqari, bu yilgi jahon chempionatida o‘z guruhida eng yaxshi natija bilan uchinchi o‘rinni egallagan 8 milliy terma jamoa ham jahon chempionligi uchun kurashini davom ettira oladi.

O‘zbekiston tushgan guruh ko‘pchilik futbol mutaxassislari tomonidan "O‘lim", ya’ni eng og‘ir guruhlardan biriga ham qiyos berilgan.

O‘zbekiston Kolumbiyaga qarshi birinchi uchrashuvida matonatli o‘yin ko‘rsatgan va ilk o‘yinidayoq jahon chempionatidagi dastlabki to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Bu golga Abbosbek Fayzullayev mualliflik qilgan.

Ma’lumot uchun, Portugaliya va O‘zbekiston uchrashuvi bugun, 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Bahsni marokashlik hakam Jalol Jayed boshqarib boradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Portugaliyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati guruh bosqichi 2-tur uchrashuvi oldidan jamoa bosimni his qilmayotganini va maydonga yaxshi natija uchun chiqishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing