Bugun O‘zbekiston Osiyo kubogida yurishini boshlaydi
Sport
−
28 yanvar 5829 1 daqiqa
Bugun, 28 yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi futzal bo‘yicha Osiyo kubogidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Nodir Eliboyev shogirdlariga dastlabki turda Tojikiston terma jamoasiga raqiblik qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.
Kecha, 27 yanvar kuni Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida futzal bo‘yicha Osiyo kubogi start oldi. O‘zbekiston terma jamoasi “C” guruhi 1-turida Tojikistonga qarshi bahs olib borsa, navbatdagi uchrashuvlar esa joriy yilning 30 yanvar va 1 fevral kunlari Avstraliya va Yaponiya terma jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogida uzluksiz ishtirok etib kelayotgan to‘rtta jamoadan biri hisoblanadi. Shuningdek, Eron, Yaponiya va Tailand terma jamoalari ham qit’a birinchiligini biror marta ham o‘tkazib yubormagan.
O‘zbekiston terma jamoasi qit’a birinchiligi tarixida to‘rt bor finalgacha yetib borgan va to‘tr marta kumush medallarga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, 6 marta bronza medalini qo‘lga kiritgan.