Bugun O‘zbekiston Italiyaga qarshi o‘ynaydi
Sport
−
18 noyabr 7327 1 daqiqa
Bugun, 18 noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati nimchorak final bosqichida Italiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da start oladi.
Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston jamoasi guruh bosqichida Paragvay va Panama ustidan qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlardan keyin 1/16 finalda Xorvatiyani penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi. Osiyo chempionlari musobaqa davomida 10 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 5 marotaba o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan.
Italiya U-17 terma jamoasi esa guruh bosqichida Qatar, Boliviya va Janubiy Afrika ustidan uchta g‘alabaga erishib, g‘olib sifatida pley-offga yo‘l olgan. 1/16 finalda italiyaliklar Chexiya ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Yevropa jamoasi musobaqa davomida 10 ta gol urib, atigi 1 ta gol o‘tkazgan.
O‘zbekiston U-17 – Italiya U-17 bahsi g‘olibi 1/4 finalda Uganda – Burkina-Faso o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr