Bugun o‘zbek tilini o‘zbekdan himoya qilishimiz kerak – professor Qozoqboy Yo‘ldoshev

Intervyu

1989 yil 21 oktyabr kuni O‘zbekiston SSR davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Shu kundan e’tiboran O‘zbekistonda har yili 21 oktyabr til bayrami sifatida nishonlab kelinadi.

O‘tgan 32 yilni tahlil qiladigan bo‘lsak, parlament tomonidan o‘zbek tili to‘g‘risida ko‘plab qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 2019 yilda o‘zbek tilini davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini tubdan oshirish maqsadida davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi. 

Ammo, o‘tgan davr mobaynida o‘zbek tili rivojlanish o‘rniga, yo‘qolib ketmayaptimi? Bugun O‘zbekistonda davlat tili hisoblangan o‘zbek tili uchinchi darajali tilga aylanib qolmadimi, bu ketishda millat o‘zligini yo‘qotib qo‘ymaydimi? Shu kabi savollarga javob olish maqsadida QALAMPIR.UZ pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev bilan suhbatlashdi.

Mazkur suhbatda professor Qozoqboy Yo‘ldoshev qator mavzularga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan:

•  o‘zbek tilining bugungi mavqeyi;
•  ta’lim tizimidagi xatoliklar;
•  o‘z ona tilini bilmaydigan yoshlarga chet tilini o‘rgatishga urinish;
•  millatning intellektual salohiyati;
•  o‘zbek tilining yo‘qolib ketish ehtimoli haqida so‘z boradi.

Pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev bilan to‘liq intervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube'dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing