Bugun o‘zbek bokschilari Bakuda ringga ko‘tariladi

Sport

image

Ayni kunlarda Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo‘yicha xalqaro musobaqa davom etmoqda. Bugun turnirning chorak final doirasidan o‘rin olgan bellashuvlarga yakun yasaladi.

Kecha ringga chiqqan o‘zbekistonliklardan 4 nafari (Jasurbek Latipov, Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Xurshid Abdullayev (-81 kg) va Obidjon Toxirov (+91 kg) yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. 

Bugun bo‘lib o‘tadigan dasturda chorak finalning barcha bahslari yakunlanadi. Ushbu kun doirasida ham bir qator o‘zbek bokschilari yarim final yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi. Bugun quyidagi o‘zbek sportchilari chorak finalda jang qilishadi: 

Foziljon Abdurahimov va Hasanboy Do‘smatov (-52 kg), Shukurjon Rahimov (-60 kg), Iqboljon Xoldorov (-69 kg), Madiyar Saydrahimov, Sardor Yormuhammedov (-91 kg).


Maqola muallifi

Teglar

Bks

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar