Bugun UFC`ning eng qiziqarli janglaridan biri bo‘lib o‘tadi

Sport

image

Bugun, 31 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida restling bo‘yicha kutilgan turnir bo‘lib o‘tadi.

Oqshomning qiziqarli janglaridan biri og‘ir vaznda sobiq UFC chempioni Keyn Velaskes hamda yana bir sobiq UFC chempioni Brok Lesnar o‘rtasida o‘tkaziladi. Bugungi jang oldidan bu ikki sportchi ham tarozidan o‘tdi. Velaskes 113, 4 kilogramm, Lesnar esa 129,7 kilogramm tosh bosdi.  

Ma’lumot uchun, WWE Crown Jewel turniri bugun Ar-Riyod shahridagi Qirol Fahd nomli xalqaro stadionda o‘tkaziladi. Oqshomning markaziy jangida superog‘ir vazn toifasida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan, sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri mashhur restler Braun Stroumenga qarshi ringga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bugun Keyn Velaskes Brok Lesnar

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing