Bugun Toshkentning 3 ta tumani elektrdan uziladi
Jamiyat
−
23 avgust 2023 6055 1 daqiqa
Bugun poytaxtning 3 ta tumani elektr ta’minotidan vaqtincha uzib qo‘yiladi. Bu haqda “Hududiy elektrtarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Unga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bugun, 23 avgust kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: «Nurliyo‘l» va «Gulbog‘» MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 9:00 dan 17:00 ga qadar;
- Uchtepa tumani: «Diyorobod» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 9:00 dan 17:00 gacha.
- Yakkasaroy tumani: «Boshliq» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart