Bugun Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 19 avgust kuni Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi kutib olinishi munosabati bilan Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda poytaxtning quyidagi ko‘chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi:

•    Toshkent xalqaro aeraportidan Qumariq va Sodiqjon Tolipov ko‘chalari bo‘ylab Nukus ko‘chasigacha;
•    Nukus ko‘chasidan uning Oybek ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
•    Oybek va Afrosiyob ko‘chalaridan Afrosiyob ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
•    Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab uning Navoiy shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
•    Navoiy shoh ko‘chasi bo‘ylab uning Amir Temur shoh ko‘chasi bilan  kesishmasigacha;
•    Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab uning Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
•    Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab uning Botir Zokirov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
•    Botir Zokirov ko‘chasidan Paxtakor ko‘chasi 79-uygacha. 

Haydovchilardan vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlari so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing