Bugun Toshkentdagi 1 tuman aholisi gazsiz qoladi
Jamiyat
−
01 aprel 2023 4989 1 daqiqa
Poytaxt Toshkentning Chilonzor tumanidagi ayrim joylarida ta’mirlash ishlari sababli tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumanning “Xirmon-tepa” mahallasi hududidan o‘tgan yer usti o‘rta bosim gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari amalga oshiriladi.
Shu tufayli bugun, 1 aprel kuni soat 10:00 dan 17:00 ga “Xirmon-tepa”, “Kichik xirmon-tepa”, “Katta xirmon-tepa” mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 5 306 ta xonadonda hamda 14 ta ulgurji iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
“Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr