Bugun Toshkentda qator ko‘chalar qisman yopiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 18 mart kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan poytaxt Toshkentda Otliq kavaleriya paradi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan soat 17:00 dan 18:00 ga qadar poytaxtdagi qator ko‘chalar qisman yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Quyida avtomobillar harakati cheklanadigan yo‘llar ro‘yxati bilan tanishing:

“O‘zbekiston mehmonxonasi” avtoturargohidan Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘ligacha va ushbu aylanma yo‘l;

Amir Temur xiyobonidan Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab Alisher Navoiy ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

Amir Temur shoh ko‘chasi va Alisher Navoiy ko‘chasi kesishmasidan “Hyatt regency” mehmonxonasi avtoturargohigacha.

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing