Bugun Shomurodovning taqdiri hal bo‘ladi...mi?

Sport

image

Bugun, 31 avgust kuni “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovning transferi hal bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda o‘zbekistonlik hujumchi uchun kurashga yana ikki klub qo‘shildi, deya xabar berdi insayder Janluka Di Marsio.

Manbaga ko‘ra, Rim klubi hujum chizig‘idagi Feliks Afena-Gyan va Jastin Klyuyvert bilan xayrlashganiga qaramay, Andrea Belottini taklif etganidan keyin Eldor Shomurodov bilan xayrlashmoqchi. OAV xabarlariga ko‘ra, hozirgacha o‘zbekistonlik hujumchi uchun asosiy da’vogar “Bolonya” bo‘lib turibdi. Bugun Italiyada transfer oynasining so‘nggi kunida A Seriyaning “Monsa” va “Torino” klublari ham Shomurodovga qiziqa boshladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida yozgi transfer oynasining so‘nggi kuni hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, Italiya chempionati debyutanti “Monsa” 4 o‘yindan keyin 4 mag‘lubiyat bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda, “Torino” esa 3 o‘yindan keyin 7 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.  

Shuningdek, Turkiyaning “Beshiktosh” klubi “Roma” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirgan.

Qayd etish joizki, Rim klubi yozda Paulo Dibalani tarkibiga qo‘shib oldi. Qolaversa, “bo‘rilar” “Torino” bilan xayrlashgan Andre Belottini ham Rimga olib keldi. Agar Eldor Shomurodov “Roma”da qolsa, unga berilayotgan kam o‘yin amaliyoti battar qisqartirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda, “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing