Bugun Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga boradi
Jamiyat
−
10:57 2108 1 daqiqa
Bugun, 21 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, davlati rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim sohalarida hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi.
Shuningdek, loyihalarni ishga tushirish va yangilarining qurilishini boshlash tadbirida ishtirok etish hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan.
Live
Barchasi
Ziroat Mirziyoyeva Samarqandga boradi
20 Oktyabr