Bugun Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashadi

Jamiyat

image

Bugun, 27 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Davlat rahbari forumning yalpi majlisida nutq so‘zlaydi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Sessiyada Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Olga Algayerova, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy, Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan ham qatnashadi. Sessiyaga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari bo‘yicha direktori Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.

O‘zbekiston Prezidentining forum doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Umuman, tadbirda 70 mamlakatdan kelgan 2,5 mingga yaqin ishbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing