Bugun qanday kunligini bilasizmi?
Bu qiziq
−
07 may 2019
5806Bugungi kunda fan-texnika rivojlanib, texnologik kashfiyotlar imkoniyati yanada kengayib borayotgan bir davrda radio alla qachon insoniyat kundalik hayotining bir qismiga aylanib ulgurgan. Radio tinglovchini yangiliklardan xabardor qilish, kerakli ma’lumotlarni yetkazish orqali dunyoning ko‘p sonli aholisini bir doira atrofida birlashtira oldi.
Bundan 80 yil avval kashf etilgan radio aloqa vositasi yillar davomida yanada takomillashib bordi. Turli ommaviy axborot vositalari ta’siri ostida ushbu aloqa-axborot vositasi negizida aloqa-axborot vositalarining yangi avlodlari kompyuter, mobil aloqa vositasi, planshetlar paydo bo‘ldi.
Quyida e’tiboringizga 7–may sanasining tarixga muhrlangan muhim voqealarini havola etmoqdamiz:
1895 yil. Rus fizigi va elektrotexnigi Aleksandr Popov Sankt- Peterburgda radioning dastlabki variantini ommaga namoyish etdi.
1993 yil. “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilgan kun.
1992 yil. Toshkentdagi Kinochilar uyida mustaqil O‘zbekistonning
birinchi pochta markasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
1994 yil. Forishda sportning milliy turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha birinchi Respublika Olimpiadasi boshlandi.
1785 yil. Jan Per Blanshar va Jon Jeffris birgalikda La-Manshni havo sharida uchib o‘tishdi.
1907 yil. Turkiyaning “Fenerbaxche” futbol klubi tuzildi.
1997 yil. Kann kinofestivalida Lyuk Bessonning “Beshinchi element” filmining premerasi bo‘lib o‘tdi.
Tavalludlar:
1713 yil. Fransuz matematigi, 18 yoshida Fransiya FA a’zosi bo‘lgan Aleks Klaro tug‘ilgan.
1861 yil. Atoqli hind adibi, 1913 yilgi Nobel mukofoti sohibi Robindranad Txokur dunyoga keldi.
1909 yil. Polaroid tipidagi fotokameralar ishlab chiqaruvchi Polaroid kompaniyasi asoschisi Edvin Lend tug‘ilgan
1961 yil. Amerikalik kino aktyor Jorj Kluni tavallud topgan.
LiveBarchasi