O‘zbekistonlik harbiylar uchun yangi dastur yaratildi
Jamiyat
−
19 yanvar 2020
7159Qurollarning avtomatlashtirilgan hisobi uchun olingan barmoq izlari skaneri hamda harbiy xizmatchilarning barmoq izlarini skanerlash asosida qurollarni saqlash qulfining ishlashiga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yaratildi.
Dastur harbiy xizmatchilar va qurol berish huquqiga ega bo‘lgan navbatchilarning barmoq izlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi. Shuningdek, elektromagnit qulf asosida piramidaga kirishni nazorat qiladi. Barmoq izlari skaneri asosida harbiy xizmatchilar tomonidan qurollarni olishning belgilangan tartibdagi elektron hisobini avtomatlashtiradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dastur mualliflariga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko‘ra, DGU 07009 raqamli patent berilgan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi