“Green Card” javobi chiqdi. Natijalar qanday tekshiriladi?

Jamiyat

image

Bugun, 8 may kuni AQSHning Turli millat vakillari dasturiga (DV-2022. Xalq tilida “Green Card”) 2022 moliya yili uchun 2020 yil kuzida topshirilgan arizalar natijasi e’lon qilindi.

“Green Card” lotereyasi natijalari  Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da e’lon qilindi.

Natijalarni dvprogram.state.gov/ESC pasmiy sayti orqali bilib olishingiz mumkin. Buning uchun ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tganidan keyin olingan tasdiq kodini (16 ta belgidan iborat), familiyasini, tug‘ilgan yilini kiritishi zarur.

Javoblar e’lon qilinganidan keyin juda ko‘p foydalanuvchilar tekshirishi natijasida sayt yaxshi ishlamasligi mumkin.

Malumot o‘rnida, Amerika rezidenti bo‘lish imkonini beruvchi Electronic Diversity Visa Program dasturi 1990 yildan buyon faoliyat olib boradi. 
Bitta dastur davomida 50 000 o‘rin ajratiladi va mintaqalar kesimida taqsimlanadi. Hech bir davlatga 7 foizdan ortiq o‘rin ajratilmaydi. O‘rtacha, yiliga 2755 nafar o‘zbekistonlik ushbu lotereyani qo‘lga kiritadi. DV dasturida ro‘yxatdan o‘tish bepul.

Lotereyada g‘olib bo‘lganlar AQSHda qonuniy yashash va ishlash huquqini qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari o‘zi bilan birga turmush o‘rtog‘ini (agar bo‘lsa), 21 yoshdan kichik bo‘lgan va oila qurmagan bir nafar farzandini olib ketish, keyinchalik, 5 yil yashab Amerika fuqaroligini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing