Bugun Farg‘ona “svet”siz qolishi mumkin
Jamiyat
−
20 fevral 2022 9729 1 daqiqa
Bugun, 20 fevral kuni Farg‘ona vodiysining ayrim hududlari elektr energiyasidan uzilishi mumkin. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bahor mavsumida vodiy iste’molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida 500 kVli L-503 elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Xususan, 20 fevral kuni soat 09:30 dan 16:00 ga qadar Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli L-503 elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan vodiyning ayrim hududlarida ushbu vaqt oralig‘ida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025