Bugun ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi bugun, 17 noyabr kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi. 

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir qorga aylanadi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 3-5° iliq bo‘ladi, kunduzi 0° gacha pasayadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; Ustyurtda kechasi 10-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida changli bo‘ron bilan 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida changli bo‘ron bilan 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida changli bo‘ron bilan 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing