Bugun Abdusattorov xalqaro turnirda o‘yin o‘tkazadi
Sport
−
04 fevral 2023
6794Bugun, 4 fevral kuni o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov xalqaro musobaqadagi yurishini boshlaydi.
Abdusattorov Germaniya Bundesligasining 5-turi doirasida “SC Viernheim” klubi tarkibida chexiyalik Tai Nguyenga qarshi dona suradi. Nodirbek ushbu turnirda 2 ta o‘yin o‘tkazadi va keyin Dyusseldorf mezbonlik qiladigan xalqaro turnirga tayyorgarlik ko‘radi.
29 yanvar kuni o‘zbekistonlik shaxmatchi Niderlandiya mezbonlik qilgan “Tata Steel Chess-2023” xalqaro turniridagi oxirgi o‘yinini o‘tkazib, yakunda musobaqani 2-o‘rinda yakunlagandi.
Eslatib o‘tamiz, “Tata Steel Chess-2023” musobaqasi yakunlangach, Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov yilning eng yaxshi shaxmat mamlakatiga topshiriladigan “Tour D'or” - “Oltin minora” sovrinini qabul qilib olgandi.
LiveBarchasi