Bugun 4 sayyora bir vaqtda ko‘rinadi

Bu qiziq

image

Bugun, 2 yanvar kechasi osmonda bir nechta sayyoralarning birga ko‘rinish berishi ma’lum qilindi. Bu haqda fazoviy tajribalar o‘tkazishga ixtisoslashgan NASA tashkiloti xabar berdi.

Quyosh botgandan so‘ng Venera, Saturn, Yupiter va Mars sayyoralari bir vaqtning o‘zida ko‘rinadi. Ufqqa eng yaqin sayyora Venera bo‘lishi kutilmoqda. Yer yuzining har qanday nuqtasidan bu holatni kuzatish mumkin. Bundan tashqari, Altair, Fomalhaut va Aldebaran kabi yorqin yulduzlar hamda Pleiades yulduzlar turkumi ham osmonda chaqnab turadi.

Bu kabi holat oldin ham takrorlangan bo‘lib, dekabrning so‘ngi kunida Oy va Merkuriy sayyorasi bir vaqtning o‘zida ko‘ringan. Shuningdek, o‘sha kuni Neptun va Uran sayyoralari ham bir paytda ko‘rinish bergan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing