Bugun 10 hududda 460 nafar bemor sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 30 avgust kuni O‘zbekistonda  368 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy hamda Namangan viloyatlarida jami 460 nafar bemor sog‘aydi.
 
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 41 528 nafar bemordan 38 819 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
 
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2394 nafar bemordan 250 nafari og‘ir, 137 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing