Bugun Husanov yana bir sovrin yutishi mumkin
Sport
−
13:12 9205 1 daqiqa
Bugun, 16 may kuni Angliya Kubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Bosh sovrin uchun kurashda “Manchester Siti” va “Chelsi” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.
Abduqodir Husanov harakat qilayotgan “Manchester Siti” musobaqa yarim finalida “Sautgempton”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan bo‘lsa, “Chelsi” yarim finalda “Lids” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Husanov “shaharliklar” safiga qo‘shilganidan beri faqat bir marta sovrin yutishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu sovrin joriy yilning 22 aprel kuni Angliya liga kubogi finalida “Arsenal” ustidan qozonilgan g‘alaba orqali qo‘lga kiritilgan.
Agar Pep Gvardiola shogirdlari finalda “Chelsi”ni mag‘lub etsa, bu Husanov uchun “Manchester Siti” safidagi ikkinchi sovrin bo‘ladi. Shuningdek, “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasida ham chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Mavsum tugashiga ikki tur qolgan bir paytda “shaharliklar” “Arsenal”dan ikki ochko orqada bormoqda. Agar qolgan ikki turda “Arsenal” ochko yo‘qotsa, Husanov jamoasi mavsumni ichki trebl bilan yakunlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Angliya Kubogi final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Live
Barchasi