Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Bugun Husanov va “Siti” “Brayton”ga qarshi saf tortadi

Sport

image

Bugun, 15 mart kuni Angliya chempionati 29-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Tur doirasida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan “Manchester Siti” klubi o‘z uyida “Brayton” bilan to‘qnash keladi.

Chempionatning ortda qolgan 28 ta turidan keyin “Manchester Siti” 47 ochko bilan Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi oxirgi, 5-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, “Brayton” 46 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi va “shaharliklar”ni turnir jadvalidagi asosiy ta’qibchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Bugungi o‘yindagi g‘alaba shaharliklarni “Brayton”dan turnir jadvalida yaxshigina qochib ketish va “Chelsi” ochko yo‘qotsa, 4-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini taqdim etadi. 

21 yoshli Abduqodir Husanov “Siti”ning bir nechta o‘yinlarida ketma-ket asosiy tarkibda maydonga tushdi. “Shaharliklar”ning ko‘plab himoyachilari jarohat olgani bois, bugungi bahsda o‘zbekistonlik himoyachi katta ehtimol bilan asosiy tarkibda maydonga tushadi. Ko‘plab xorijiy sport portallari ham bugun Husanovni asosiyda o‘ynashini taxmin qilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” - “Brayton” o‘yini Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi. Uchrashuvga “Etihad” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Brayton Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing