Bugun havo 30 darajagacha isiydi
Jamiyat
−
08:20 1060 1 daqiqa
O‘zgidromet bugun, 1 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Live
Barchasi