Bugun ham Toshkentning ayrim hududlarida “svet” o‘chiriladi

Jamiyat

image

Bugun, 3 avgust kuni poytaxt Toshkentning ikki tumanidagi ayrim mahallalarda elektr energiyasi o‘chirib qo‘yiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, bugun iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Bektemir tumani: “Sohil” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Olmazor tumani: “Namuna” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

“O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, deyiladi xabarda

Shuningdek, xabarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi aholidan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing