Buffon necha yoshgacha futbol o‘ynamoqchiligini aytdi

Sport

image

Italiya terma jamoasi  va “Yuventus” klubining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon 55 yoshgacha futbol o‘ynamoqchi ekanligini ma’lum qildi. U bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla bilan suhbatda aytib o‘tgan.

“Faoliyatimni 55 yoshda tugatamanmi? O‘ylashimcha, taxminan shunday bo‘ladi. Butslarimni mixga ilgach, faoliyatimni murabbiylik qilib, davom ettiramanmi? Bilmadim. Futboldan ketgach, nima ish bilan shug‘ullanishim haqida bir qarorga kelganimcha yo‘q. Futbolda qolishimga 100 foiz ishonchim komil emas. Balki men o‘zimni yangi va soddaroq ishda sinab ko‘rarman. Chunki men futbolda hamma narsani bilaman. Albatta, yangi narsalarni o‘rganish men uchun qiziq tuyiladi” degan Buffon.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda futbol afsonasi “Parma” tarkibida Italiya B Seriyasida 26 o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 27 ta gol olib chiqqan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing