Bu yil o‘zbekistonliklar Haj ziyoratiga bormaydi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilda O‘zbekiston aholisi koronavirus pandemiyasi sabab Haj ziyoratiga borolmaydi. Bu haqda Saudiya Arabistonining Haj va Umra ziyorati vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, bu yilgi Haj-2021 mavsumi koronavirus pandemiyasi sababli faqat Saudiya Arabistoni Podshohligi aholisi va ushbu mamlakatda muqim yashab kelayotgan fuqarolar (rezidentlar) uchun tashkil etiladi.

Jami ziyoratchilar soni 60 ming etib belgilandi. 18 dan 65 yoshgacha emlangan mahalliy ziyoratchilar nazarda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi Haj mavsumida xorijiy mamlakatlardan ziyoratchilar qabul qilinmaydi. Joriy yilda Haj ziyorati 17-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi, Umra esa yilning qolgan qismida bajarilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Haj

Baholaganlar

393

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing