Bu yil shifoxonalar qurish va ta’mirlashga qancha pul ajratildi?
Jamiyat
−
28 mart 2022
3424Joriy yil investitsiya dasturi doirasida tibbiyot muassasalarini qurish va ta’mirlash ishlariga byudjetdan 1,2 trillion so‘m ajratildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 mart kuni sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, bugungi kunga qadar 32 ta poliklinika va shifoxonalarni ta’mirlash bo‘yicha ishlar boshlanmagan. Shu sabab, barcha qurilish ishlari 1 oktyabrga qadar yakuniga yetkazilishi kerak.
Prezident viloyat hokimlariga 25 aprelga qadar barcha birlamchi muassasalarni xatlovdan o‘tkazib ularga zarur bo‘lgan va ta’mirtalab jihozlar ro‘yxatini shakllantirish topshirig‘ini berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot asbob-uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish bo‘yicha taklif kiritadigan bo‘ldi. 22 ta respublika markazi yil yakuniga qadar O‘zbekistonda ilgari bajarilmagan kamida 100 ta yuqori texnologik davolash usullarini yo‘lga qo‘yishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Xususan, Gematologiya markazida maxsus operatsion kompleksni tashkil etish hisobiga oqqon kasalligiga chalingan bemorlar uchun ilik ko‘chirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Davlat rahbari tomonidan mutasaddilarga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.
LiveBarchasi