Bu yil Putin ishtirokidagi an’anaviy tadbir o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning har yil Yangi yil oldidan bo‘lib o‘tadigan an’anaviy katta matbuot anjumani bu yil dekabr oyida o‘tkazilmaydi. Biroq Kreml davlat rahbari ommaviy axborot vositalari bilan suhbatlashish imkoniyatini topishiga umid qilmoqda. Bu haqda  jurnalistlarga Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

“Katta matbuot anjumaniga kelsak, ha, bu Yangi yil oldidan bo‘lmaydi, lekin umid qilamizki, Prezident muntazam ravishda, jumladan, xorijiy [tashriflar] paytidagidek [jurnalistlar] bilan suhbatlashish imkoniyatini topadi”, deydi Peskov. 

Shu bilan birga, Kreml matbuot kotibi davlat rahbarining Federal Majlisga yuborishi mumkin bo‘lgan murojaatnomasi sanasi haqida so‘z ochmagan. 

Noyabr oyida Peskov Putinning katta matbuot anjumani va boshqa muhim tadbirlar vaqti Federal Majlisga yuborilgan murojaatnoma sanasi aniqlangandan keyin ma’lum bo‘lishini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti 2001 yildan buyon katta matbuot anjumanlarini o‘tkazib keladi, 2012 yildan buyon bu tadbirlar dekabr oyida o‘tkaziladi. Putinning yillik matbuot anjumani faqat bir marta, 2005 yilda bekor qilingan. Bundan tashqari, u 2009-2011 yillarda Putin hukumatga rahbarlik qilgan davrda ham bo‘lmagan. 

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, so‘nggi vaqtlarda Putin xorijiy safarlaridan matbuot uchun maydon sifatida ham foydalanmoqda. Xususan, u sentyabr oyida Samarqandda o‘tkazilgan SHHT sammitidan keyin ham Samarqanddan o‘zi uchun minbar sifatida foydalanib, tadbirga kelgan 13 mamlakat rahbarlaridan farqli o‘laroq matbuot anjumani o‘tkazgan edi. 9 dekabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan YeOII sammitidan keyin Bishkek ham Putinga matbuot maydoni bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing