Bu yil Mustaqillik bayrami qanday nishonlanishiga aniqlik kiritildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik ayyomi yaqinlashib kelyapti. Xo‘sh, pandemiya sharoitida mamlakatning asosiy bayrami qanday nishonlanadi. Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida so‘z borgan. 

“Ushbu masalada shifokorlar bilan maslahat qilgan holda shunday xulosaga kelindiki, pandemiya bilan bog‘liq vaziyat bu yil joylarda katta yig‘in va sayillar o‘tkazishni cheklash talabini qo‘ymoqda. Shuning uchun ushbu ulug‘ sanani ko‘proq oila davrasida nishonlashni tashkil etish masalalari muhokama qilindi”, deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.

Yig‘ilishda korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda ularni sanitariya normalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish maqsadga muvofiqligi ko‘rsatib o‘tilgan. 

Ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘ida bayram kunlari qiziqarli, yangi formatdagi ko‘rsatuvlar, eshittirish va chiqishlar namoyish etish borasida tavsiyalar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

645

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing