Bu yil maktab bitiruvchilarining qanchasi grantga o‘qishga kirgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
13 Sentabr 2021
4904Joriy yilda oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan maktab bitiruvchilarining soni o‘tgan yilgiga nisbatan ko‘p bo‘lmadi. Biroq, davlat granti asosida o‘qishga kirganlar soni deyarli 2 barobarga ortdi va umumiy kvotaning 75 foiziga yetdi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 332 274 nafar maktab bitiruvchisi OTMga kirish uchun hujjat topshirgan. Bu o‘tgan yilga (346 725 nafar) nisbatan kamroq.
Biroq, hujjat topshirgan bitiruvchilarning 21 626 nafari davlat granti asosida o‘qishga kirgan.
“Bu albatta joylardagi fidoiy pedagoglarimizning mehnati mahsulidir. Ularning barchalarini ushbu natija bilan tabriklab o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Maktablarning natijaga ishlashga harakati yaxshilangani hamda variativ o‘quv sinflarini joriy qilinganining natijasi bu yil yaqqol ko‘rindi. Bu esa bu yilgi bitiruvchilarimiz boshqa abituriyentlarga qaraganda yaxshiroq tayyorlanganidan dalolatdir. Boshqa abituriyentlarda ham repetitor yoki o‘quv kurslariga qatnash imkoniyatlari deyarli bir xil bo‘lgan, lekin natija maktab bitiruvchilarida yaxshiroq bo‘ldi”, degan vazir Shermatov.
LiveBarchasi