Bu yil qish qishligini qiladi...mi?
Intervyu
−
05 dekabr 2022
34273Dam olish kuni yog‘ishni boshlagan qor, yangi ish haftasida ham davom etmoqda. Dekabr oyi boshidan qish qishligini ko‘rsatyapti. “Boshlangan haftada havo harorati qanday bo‘ladi?” “Qor yog‘ishda davom etadimi?” degan savollar ko‘p. Shu savollar bilan Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassisiga yuzlandik.
“Boshlangan haftada havo ko‘p yillik haroratdan past darajada bo‘lishi kutilmoqda. Asosan Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent va Farg‘ona vodiysida yaqin uch kunda qisqa muddatli qor yog‘ishi kutilmoqda. Hafta oxiriga borib, Toshkent shahrida havo harorati pasayishi kuzatilmoqda. Havo harorati -10 darajagacha tushishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Navoiy viloyatining shimoli, Qoraqalpog‘istonning chekka hududlarida harorat -20 darajagacha yetishi mumkin.
Bu oyda harorat nisbatan sovuq, yog‘ingarchilik kam bo‘lishi kutilmoqda. Harorat pasayishi yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi degani emas. Hozir yog‘ayotgan qorning suvlik darajasi past, bir-biriga birikmaydi. Hafta oxiriga borib, Toshkent shahrida havo harorati pasayishi kuzatilmoqda. Havo harorati -10 darajagacha tushishi mumkin”, deydi O‘zgidromet mutaxassisi Humoyun Mag‘ripov.
Unga ko‘ra, 2008-2012 yillarda hozirgidek sovuq bo‘lgan. Lekin bu anomal havo hisoblanmaydi. Bu yilgi qish yaqin 3-4 yilgi qishlarga nisbatan yaxshiroq, ya’ni qishga o‘xshagan bo‘ladi.
“Karantin davrida yog‘ingarchilik yaxshi bo‘lgandi. Masalan, shu paytda qor qatlami 80 foizgacha yetishi aytilgandi. Lekin uning qolgan qismini bahorgi yog‘ingarchilik qoplab ketdi. Bu yilgi qish o‘z me’yorida keladi.
Oxirgi 20 yillikda eng sovuq qishlardan biri 2008 yilda kuzatilgan edi. Aynan o‘sha yili ekinlarning urug‘igacha sovuq urib ketgan. Bir narsaga e’tibor berish kerak, qishdagi 20 daraja sovuq harorat daraxtlar, ekinlarga ta’sir qilmaydi. Hosilga katta zarar keltiradigan vaqt bahor faslida, hamma daraxtlar uyg‘onib, gullagandan keyingi sovuq hisoblanadi”, deydi O‘zgidromet mutaxassisi Humoyun Mag‘ripov.
LiveBarchasi