Bu yil qancha bolaga “Prezident sovg‘asi” beriladi?
Jamiyat
−
27 dekabr 2021 6408 1 daqiqa
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar uchun “Prezident sovg‘asi” hududlarga jo‘natildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga shirinliklar, o‘quv qurollari va Bolalar ensiklopediyasidan iborat 21 turdagi buyum kiritilgan.
Shuningdek, joriy yilda Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Oilaviy bolalar uylari hamda SOS bolalar mahallalarining 12 yoshdan katta bo‘lgan 980 nafar tarbiyalanuvchi uchun zamonaviy planshet ham sovg‘alar tarkibiga kiritilgan.

Xabarga ko‘ra, joriy yilda 9070 dona “Prezident sovg‘asi” hududlarga yuborilgan.
“Prezident sovg‘asi” Respublikaning 10 ta hududiga O‘zbekiston havo yo‘llari orqali, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlariga esa davlat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining kuzatuvi ostida avtotransport orqali yetkaziladi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigi hamda sovg‘alari hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30 dekabr kunlari o‘tkaziladigan Prezident archasi tadbirlarida bolalarga tantanali topshiriladi”, deyiladi xabarda.

Live
Barchasi