Bu pullarni o‘g‘irlayotganlar xiyonatchi – Prezident tibbiyotdagi talon-torojliklar haqida
Jamiyat
−
01 aprel 2021
11447Xabaringiz bor, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda davlat rahbari sohadagi korrupsiya masalasiga to‘xtalib o‘tdi, deya xabar bermoqda yig‘ilishda qatnashgan QALAMPIR.UZ Bosh muharriri.
Ma’lum bo‘lishicha, birgina Onkologiya markazining Toshkent shahar filialida 828 million so‘m, Toshkent pediatriya instituti klinikasi mansabdorlari 423 million so‘m mablag‘larni o‘zlashtirib yuborgan. Shuningdek, Jondor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i 1 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ygan.
“Bunday misollarni har bir viloyat, tuman va shahar kesimida ko‘plab keltirish mumkin. Tibbiyot tizimida korrupsiyani kamaytirish bo‘yicha taklif kiritasiz. Uni butkul yo‘q qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun uni profilaktika qilish bo‘yicha taklif berasiz. Bu pullarni o‘g‘irlayotganlar xiyonatchi. Ko‘p gapiryapmiz, hamma tushunyapti, lekin tibbiyotda korrupsiyani to‘xtata olmayapmiz”, dedi Prezident.
Shuningdek, sohada “qonun ustuvor va jazo muqarrarligi”ni ta’minlash bo‘yicha Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev ta’sirchan nazorat tizimini o‘rnatishga mas’ul etib belgilandi.
Bahodir Turobov, Shohruh Shoraxmetov ikki oy muddatda ajratilayotgan mablag‘lar joylarga manzilli yetib borishi, dori-darmon, tibbiyot uskunalarini ochiq-oshkora sotib olinishi, taqsimlanishi, pullik xizmatlardan tushumlarni maqsadli ishlatilishini ta’minlaydigan mexanizmlarni joriy qilishga mas’ul bo‘ldi.
LiveBarchasi