Bu faoliyatimdagi oson janglardan biri bo‘ladi – Shohjahon Ergashev
Sport
−
29 dekabr 2022 16818 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschilar Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov 2023 yilda Toshkentda o‘zaro jang o‘tkazishi mumkin. Ayni vaqtda AQSHda mashg‘ulot o‘tkazayotgan Shohjahon Ergashev o‘z Instagram sahifasida bo‘lajak to‘qnashuv haqida fikr bildirdi.
"Men umid qilamanki, bu qonli jang 2023 yilda bo‘ladi. Bilaman, bu faoliyatimdagi oson janglardan biri bo‘ladi", deb yozdi Ergashev.
Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev oxirgi jangini 10 avgust kuni Detroit (AQSH)da meksikalik Anxel Martines Ernandesga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval g‘alabaga erishgandi. G‘iyosov esa 7 may kuni Las-Vegas (AQSH)da meksikalik Kristian Gomes bilan to‘qnashuvda hakamlar qaroriga muvofiq zafar quchgandi.
Live
Barchasi