“Bu ”Chelsi“ning aybi emas”. Klopp Abramovichga sanksiya qo‘yilganini yoqlab chiqdi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Chelsi" xo‘jayini, milliarder Roman Abramovichga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar haqida fikr bildirdi.

Kloppga ko‘ra, undan klub egalarini nazorat qilish haqida so‘rash to‘g‘ri emas. Shunga qaramay, u Britaniya hukumati Abramovichga nisbatan cheklovlar kiritib, to‘g‘ri ish qildi deb hisoblaydi.

“Mendan klub egalarini nazorat qilish haqida so‘rash to‘g‘ri emas, deb o‘ylayman. Siz anchadan bu mamlakatdasiz. Senga farqi yo‘q edi, to‘g‘rimi? Roman Abramovich “Chelsi”ga kelganiga ko‘pchilikka buning ahamiyati yo‘q edi? “Nyukasl” egallab olingani kimnidir qiziqtirdimi? Muxlislarga bularning barchasi ahamiyatsizmi? Bu juda muhim savollar.

Britaniya hukumati to‘g‘ri ish qildi. Pul qayerdan kelgani aniq. Buni hamma bilardi, biroq qabul qildi. Bu bizning aybimiz. Bu jamiyatning aybi. Endi biz buni qabul qila olmaymiz, shuning uchun biz jazo tayinlaymiz. Ushbu masalada “Chelsi”ning umuman aybi yo‘q, deb hisoblayman”, degan Yurgen Klopp.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 mart kuni Buyuk Britaniya hukumati “Chelsi” egasi, milliarder Roman Abramovichga qarshi sanksiyalar kiritdi. Natijada, rossiyalik tadbirkorning barcha aktivlarini muzlatdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing