Bu bema’ni tizim – Leonardo Bonuchchi JCHning pley-off o‘yinlari haqida

Sport

image

Italiya terma jamoasi faqatgina bitta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va mundialdan quruq qoldi. Ba’zi jamoalar esa 4 yoki 5 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lsa ham Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi “Sky Sport Italia” nashriga  bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Shuningdek, Bonuchchiga ko‘ra, Jahon chempionatiga saralashning pley-off bosqichi g‘irt bema’ni tizim.

“Biz faqat bitta o‘yin o‘tkazdik. Bu bema’ni tizim [Jahon chempionatiga saralashning pley-off bosqichi]. Afsuski, hamma narsa biz uchun muvaffaqiyatsiz tugadi. Jahon chempionatiga saralash guruh bosqichida bo‘lib o‘tadi. Guruhlarda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar esa Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun saralashning pley-off bosqichida ishtirok etadi. Ya’ni, bitta o‘yinni yutqazish bilan hammasi tugaydi. Italiya terma jamoasi bilan xuddi shunday bo‘ldi. Ba’zi jamoalar borki, 4 yoki 5 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Biz esa 92 daqiqada kiritilgan gol evaziga, faqat bitta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan holda, Jahon chempionatidan quruq qoldik. Bu haqiqiy jinnilik. 

Albatta, bu qoidalarni bahona qilmoqchi emasman. Biz yaxshiroq o‘ynashimiz kerak edi. Endi oldingi cho‘qqiga qaytish uchun imkoniyat izlaymiz. Yevropa chempionligini qo‘lga kiritganimizdan keyingi, eng alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. Bu mag‘lubiyat bizga jahon chempionligi yo‘lida to‘siq vazifasini bajardi”, degan “Yuventus” futbolchisi.

Ma’lumot o‘rnida, Italiya terma jamoasi futbol bo‘yicha Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga saralashning pley-off bosqichi, yarim finalida Shimoliy Makedoniyaga 0-1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, italiyaliklar Qatar-2022 da qatnashmaydigan bo‘ldi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing