Bu haftada o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?
Bu qiziq
−
29 may 2023 9062 1 daqiqa
Joriy hafta davomida O‘zbekistonning aksariyat hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida 29-31 may kunlari havo bulutli bo‘ladi va kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Harorat kechalari 15-20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari haftaning boshida harorat 32-37 darajadan oxiriga kelib esa 35-37 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, sharqiy yo‘nalishdagi shamol biroz esishi kutilmoqda. Havo harorati bugun, 29 may kuni kunduzi 32-34 daraja bo‘ladi. Toshkent shahrida havo harorati hafta oxiriga kelib 36-37 darajagacha ko‘tariladi.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
Barchasi