Bu hafta havo harorati ko‘tariladi
Bu qiziq
−
12:21 1507 1 daqiqa
Joriy hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, kunduzgi havo harorati 37–40 daraja atrofida, joriy yilning 12–13 avgust kunlari ba’zi joylarda 41–42 darajagacha bo‘ladi. Kechalari harorat asosan 21–26 daraja bo‘ladi.
Shu kunlarda havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat bugun kunduzi Toshkent viloyatining ayrim joylarida, haftaning ayrim kunlarida esa respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shimolda, cho‘l hududlarda va 14 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda bugun kunning ikkinchi yarmida shaharning ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Joriy yilning 11–14 avgust kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 23–26 daraja, kunduz kunlari 37–40 daraja, 12–13 avgustda 41 darajagacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 avgust kuni O‘zbekistonda havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi, shuningdek, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi