Britaniyaning razvedka samolyoti Rossiya chegarasini buzib o‘tdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniyaning elektron razvedka va elektron urush samolyoti Muqaddas burun hududida Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasini buzdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi xabar berdi.

"Barens dengizi suvlarida navbatchilik qilayotgan havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya davlat chegarasi tomon yo‘l olgan noma’lum havo nishonini aniqladi. Davlat chegarasi buzilishining oldini olish uchun havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari navbatchi bo‘limidan MiG-31BM qiruvchisi ko‘tarildi. U Britaniya harbiy-havo kuchlarining RC-135 VVS Elektron razvedka va elektron urush samolyoti ekanini aniqladi", deyiladi bayonotda.

Vazirlik havo nishoni Muqaddas burun hududida Rossiya Federatsiyasi chegarasini buzganini ta’kidlagan. Razvedka samolyoti Rossiya qiruvchisi ekipajining harakatlari bilan RF hududidan chiqarib yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

626

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing