Britaniyaning Berlindagi elchixonasi qo‘riqchisi Rossiya uchun josuslik qilganini tan oldi

Olam

image

Kecha, 14 fevral kuni London sudida Britaniyaning Berlindagi elchixonasi qo‘riqchisi Devid Smit maxfiy ma’lumotlarni to‘plab, Rossiyaga yetkazganlikda ayblanib sud qilindi. Bunga uning 2020 yil noyabr oyida Rossiyaning Berlindagi harbiy attashesi general-mayor Sergey Chuxrovga yo‘llagan maktubi sabab bo‘ldi. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar berdi.

Ayblanuvchi 58 yoshli Devid Smitga ko‘ra, u Buyuk Britaniya elchixonasidan o‘ch olish maqsadida hamkasblari bilan mojaro fonida maxfiy ma’lumotlarni yig‘a boshlagan.

Sud zalida Smit 2021 yilning noyabr oyida “Rasmiy sirlar to‘g‘risida”gi qonunni 8 ta moddasini buzgan jinoyatda, jumladan, 2020 yil noyabr oyida Rossiyaning Berlindagi harbiy attashesi general-mayor Sergey Chuxrovga ma’lumot yetkazish bo‘yicha ayblovni tan oldi.

Aniqlanishicha, Smit uch yildan ortiq vaqt davomida maxfiy ma’lumotlarni, jumladan, ikki Vazirlar Mahkamasi a’zosi o‘rtasidagi, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bilan maxfiy hukumat yozishmalari va boshqa hujjatlarni to‘plagan.

Prokuror Alison Morganning aytishicha, Smitning Chuxrovga yozgan maktubida “Britaniya elchixonasi va unda ishlaganlar haqida o‘ta nozik ma’lumotlar” mavjud bo‘lib, bu Britaniya va Germaniya rasmiylari birgalikda tergov o‘tkazishga turtki bo‘lmoqda.

So‘nggi xulosalarga ko‘ra, josuslik qilishi ortidan Smit Buyuk Britaniyaga ekstraditsiya qilinishi hamda maksimal 14 yil qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing